Янгиликлар
07
NAVOIYDA XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA BO‘LIB O‘TDI
Navoiy viloyat adliya boshqarmasi va viloyat yuridik texnikumi tomonidan “Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasi – inson va uning manfaatlarini ta’minlashning mustahkam poydevori” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.
Konferensiyada Xalqaro hamda respublikaning nufuzli universitetlari professor-o‘qituvchilari, olimlar, mutaxassislar, doktorantlar, tadqiqotchilar, yuridik texnikum o‘qituvchi va o‘quvchilari, TDYU magistrantlari va iqtidorli talabalari ishtirok etishdi.
Ilmiy-amaliy anjumanda adliya boshqarmasi boshlig‘i, yuridik texnikum direktori, Yaponiyaning Nagoya iqtisodiyot universiteti professorlari, viloyat Ma’muriy sudi sudyasi, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo’yicha vakili (ombudsman)ning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili, TDYU o‘qituvchilari va advokatlar palatasi mas’ullari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan bosh qomusimizda inson qadri va yoshlar kamolotiga oid masalalarda so‘z yuritishdi.
Xususan yangi tahrirdagi konstitutsiya mazmun-mohiyati va uning asosida amalga oshirilayotgan islohotlar aniq raqamlar va normativlar misolida yoritib berildi.Shuningdek, xalqaro tajriba, ayniqsa, Yaponiya davlati amaliyoti to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.