Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Adliya xabari


O'zbekiston Adliya vazirligi delegatsiyasi Xitoyning Pekin shahrida bo’lib o’tayotgan Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a’zo davlatlar Adliya vazirliklari vakillari uchun tashkil qilingan yuridik xizmatlar bo’yicha malaka oshirish kurslarida ishtirok etmoqda.

Mazkur malaka oshirish kurslari ShHTga a’zo davlatlar Adliya vazirliklari vakillarining yuridik xizmatlar  ko'rsatish hamda adliya va huquq sohasidagi bilim va ko'nikmalarini oshirish, Xitoy davlatining tajribasi bilan o'rtoqlashish, shuningdek, ishtirokchi davlatlar o'rtasida o’zaro tajriba almashish maqsadida tashkil qilingan.

Ushbu tadbirda O'zbekiston delegatsiyasidan tashqari, Xitoy, Rossiya, Eron, Belаrus, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston,  Mo'g'iliston, Ozarbayjon, Kambodja va Pokiston davlatlari Adliya vazirliklari vakillari ham ishtirok etmoqdalar.  

Malaka oshirish kurslarida huquq sohasi bo’yicha professor o’qituvchilar, malakali mutaxassislar hamda ekspertlar tomonidan notariat, advokatura hamda yuridik xizmatlarga oid mavzular bo’yicha o’quv-seminarlar o’tkazilmoqda.