Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

"ENG IQTIDORLI O'QUVCHI"LAR ANIQLANDI


Navoiy viloyati yuridik texnikumida  "Eng iqtidorli o'quvchi" tanlovining hududiy bosqichi bo'lib o'tdi.

 Tanlov qonuniylik, shaffoflik, oshkoralik, adolatlilik, tenglik prinsiplariga rioya qilgan holda olib borildi.

Tanlovda texnikumning bitiruvchi bosqich o'quvchilari 3 ta shart hamda o'qish davrida erishgan yutuqlari yuzasidan hujjatlar yig'ma jildi namoyishi bo'yicha bellashdilar.

 Tanlov g'oliblarini aniqlash maqsadida hududiy tashkiliy qo'mita tomonidan 7 kishidan iborat hududiy hakamlar hay'ati ishtirokchilarni nizom talablariga muvofiq baholab bordi.

 Tanlov natijalariga ko'ra: 

1-o’rinni Maxammatov Nodir;
2-o'rinni Quvondiqova Sevinch;
3-o'rinni Abdullayeva Donogullar egallashib, 1700000, 1360000 hamda 1020000 so'mlik sertifikatlarga ega bo'lishdi.

 Texnikum bosqichi g'olibi Nodir Maxammatov tanlovning Respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.