Янгиликлар
21
NUROTALIKLAR MUROJAATI ADLIYA E'TIBORIDA
Nurota tumanining "Amir Temur" mahallasi,"Eshon Sudur" qishlog‘ida Navoiy viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Z.Farmanov tomonidan sayyor qabul tashkil etildi. Aytib o‘tish kerak, mahalla -sektor hududida joylashgan.
Bugungi kunda mahallada3561 nafar fuqaro istiqomat qilmoqda.
Qishloq ahlining asosiy masalasi elektr energiya va gaz bosimi bilan bog‘liq.Muloqot davomida ham mazkur yo‘nalishdagi murojaatlar e'tibor markazida bo‘lib, fuqarolarning sim yog‘ochlar va gaz bosimini yaxshilash yuzasidan bildirgan takliflari o‘z joyida ijobiy hal etildi. ????Qabulga kelgan inson bir muammosiga yechim topib savoliga javob olsa, tashrifidan ko‘ngli to‘ladi. Abduhalil Jo‘raqulov ham ana shu maqsadda sayyor muloqotda ishtirok etdi. Uning masalasi sifatli bepul tibbiy xizmat olish orqali sog‘ligini tiklash bilan bog‘liq. Tegishli mutaxassislar ko‘magida fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatilib, murojaatni ijobiy qanoatlantirish uchun kerakli hujjatlar hozirlandi.
Shuningdek, sayyor qabul davomida yo‘l, uy-joy ta’miri va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, mehnat munosabatlari, tadbirkorlik faoliyaqtini boshlash, bank-kredit masalalarida ham bir qator murojaatlar kelib tushdi. Aholining 30 ga yaqin muammosi ijobiy hal etish maqsadida adliya organlariga ish yurituviga qabul qilindi.
Shundan so‘ng, fuqarolarga farzandini mttga ro'yxatga qo'yish, elektron imzo olish, e-auksionda ishtirok etish, tibbiy va manzil ma’lumotnomalar olish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatildi.