Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Yuridik texnikumda “Eng yaxshi kitobxon!” aniqlandi


 Kitob insonni ulug‘laydigan, yuksak ma’naviyat chirog‘idir. Xabaringiz bor, 2021- yil oktabr oyida Navoiy viloyat adliya boshqarmasi hamda yuridik texnikum hamkorligida “Adliya kitobxonlari klubi” tashkil etilgan edi. Ushbu klub faoliyatini muntazam ta’minlash hamda  Prezidentimiz ilgari surgan 5 tashabbus doirasida Navoiy viloyati yuridik texnikumida “Eng yaxshi kitobxon!” kitobxonlik tanlovi  2023-yil 21-dekabr kuni axborot-resurs markazida bo’lib o’tdi.  

 Ayni paytda klub a’zolari ishtirokida texnikumda til soatlari ham yo‘lga qo‘yilib, bunda o‘zbek tilining taraqqiyot bosqichlari, o‘zbek adabiyoti durdonalari haqida yig‘ilganlarga ma’lumotlar berib borilmoqda.

Navbatdagi tanlov o’zbek klassik adabiyoti durdonasi bo’lgan A.Qodiriyning “O’tkan kunlar” romani, “Dahshat” asari, hamda O’tkir Hoshimov qalamiga mansub “Urushning so’ngi  qurboni”  asari asosida tashkil etildi.
Yuridik texnikum kunduzgi bo’limida  ta’lim  olayotgan “yuridik xizmat ”41-42 yo’nalishining eng zukko kitobxonlari ishtirok etdi. Ushbu tanlov ko’pchilik o’quvchilarda katta qiziqish va taassurot o’yg’otdi.

Hakamlar hay'atining yakuniy xulosasiga ko'ra, tanlovda 
I-o'rinni 41-guruh o'quvchisi Qahhorova Aziza;
II-o'rinni 41-guruh o'quvchisi Maxmudova Aziza; 
III-o'rinni 41-guruh o'quvchisi Shomurodova Rushanalar egallashdi.

Tadbir ishtirokchilari rahbariyat diplomi va kitoblar bilan taqdirlandi.