Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

OILALAR TAZYIQ VA ZO‘RAVONLIKDAN HOLI BO‘LSIN!


Zarafshon shahrida adliya bo‘limi, oila va xotin-qizlar bo‘limi bilan hamkorlikda “Zo‘ravonliksiz sog‘lom va baxtli oilalar ko‘paysin” mavzusida huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Muloqotda yurtimizda keyingi vaqtlarda xotin-qizlarning huquq-manfaatlarini, gender tenglikni taʼminlash, oila, onalik va bolalikni himoya qilish, ularga yangi ish oʻrinlarini yaratish, mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikning oldini olish borasida bir qator ishlar amalga oshirilayotganligi, bu borada so‘nggi ikki yilda qonunchilik bazasining tobora takomillashtirilib borilayotganligi xususida ma’lumotlar berildi. 
Aytib o‘tish kerak, 2021-yilning 10 oyida Zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlariga 7226 nafar fuqarolar murojaat qilgan, ulardan 4518 ta holatda turli zoʻravonlik sodir etilgan. Tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrganlar bilan oʻzaro aloqani amalga oshirish va shoshilinch ruhiy, psixoterapevtik, huquqiy yordam koʻrsatish, maslahat berish va axborot taqdim etish uchun moʻljallangan 24 soat uzluksiz ishlaydigan “ishonch telefoni” ishlamoqda.