Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Adliya xabari


Xabar berganimizdek  joriy yilning 13–23-dekabr kunlari Pekin shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Adliya vazirliklari vakillari uchun yuridik xizmatlar bo’yicha malaka oshirish kursi tashkil etilib, unda O'zbekiston Adliya vazirligi delegatsiyasi vakillari ham faol ishtirok etdi.

Mazkur malaka oshirish kursi davomida ShHTga a’zo davlatlar Adliya vazirliklari vakillarining yuridik xizmatlar ko'rsatish sohasidagi bilim va ko'nikmalari yanada oshirilib, ishtirokchi davlatlar o'rtasida o’zaro tajriba almashinildi.

Shuningdek, mazkur o’quv kursi yakunida O'zbekiston Adliya vazirligi delegatsiyasi nutq so’zlab, bu kabi tadbirlarni tashkil qilish hamda davom ettirish ShHTga a’zo mamlakatlar o’rtasida do’stlik aloqalarni yanada mustahkamlashda, o’zaro tajriba almashishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.