Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Ismim millatimga toʼgʼri kelmaganligi sababli oʼzgartirsam boʼladimi?


Familiya, ism va ota ismini oʼzgartirish haqidagi arizalar ariza beruvchi 16 yoshga toʼlgach turar joydagi FHDY organi tomonidan koʼrib chiqiladi.

Vazirlar Mahkamasining 387-son qaroriga muvofiq familiya, ism, ota ismini oʼzgartirish toʼgʼrisidagi arizalar:

 “Oʼzbekiston Respublikasining Davlat tili haqida”gi Qonunning 15-moddasiga binoan:

-sudning hal qiluv qarori asosida;
-agar familiya va ism eshitilishda yoqimsiz boʼlsa;
-agar familiya va ism millatiga toʼgʼri kelmasa;
-xohishga qarab nikohgacha boʼlgan familiyaga (nikohda turgan davrida ham, nikohdan ajratilgandan keyin ham) qaytishda;
-oila uchun umumiy familiyada boʼlish istagi paydo boʼlganda
-16 yoshga toʼlgan shaxsga otalikni belgilashda koʼrib chiqiladi.

Savolga Хatirchi tumani adliya boʼlimi FHDY idorasi mudiri O'tkir Eshimov javob berdi