Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Adliya: Sarmoyasi bor tadbirkor tinmaydi.


Karmana tumani adliya bo'limi Davlat xizmatlari markaziga kelgan navbatdagi hamkor eronlik Haji Аmirxoni Mehrshod. Bu xorijlik hamkor mevalar va sabzavotlarni qayta ishlash va konservalashning boshqa turlari bilan shugʼullanadi.

Tadbirkor "SORKH FARM"  maʼsuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi xorijiy korxonaga asos solib, 15 million AQSH dollarlik sarmoya kiritib, mahalliy aholiga yangi ish oʼrinlari yaratdi. Investorga "yashil yoʼlak" tamoyili asosida davlat xizmati koʼrsatildi.

Davlat xizmatlari markazlari bugun tadbirkorlarning “joniga oro” kiradigan maskan boʼldi. Chunki, hujjatbozlik yoʼq. Bir eshikka kirib, birgina murojaat bilan tadbirkor boʼlib chiqayaptilar. Аyniqsa, chet ellik hamkorlar uchun bu gʼoyatda qulay boʼldiki, biznesi faoliyatini davlat roʼyxatidan oʼtkazishga mahalliy hamkorlar kabi xorijlik ishbilarmonlarga ham uzogʼi bilan 30 daqiqa vaqt kifoya.