Янгиликлар
04
Bilasizmi
FHDY organlari xodimlari hamda konsul o'zi, eri yoki xotini o'zining va uning qarindoshlari (ota-onalari, bolalari, nevaralari, bobolari, buvilari, tug'ishgan aka-uka, opa-singillari) to'g'risida dalolatnoma yozuvlarini qayd etishga yoki ularga tegishli o'zgartirish, tuzatish va qo'shimchalar kiritishga haqli emaslar.
Bunday holatlarda dalolatnoma yozuvlarini qayd etish yoki ularga o'zgartirishlar, tuzatishlar va qo'shimchalar kiritish bo'ysunish tartibida yuqori organning yozma ko'rsatmasi asosida boshqa xodim tomonidan yoki boshqa FHDY organida amalga oshiriladi.