Янгиликлар
04
Adliya sarhisob
Adliya vazirligi tashabbusi bilan 2023-yilda jami 179 ta normativ-huquqiy hujjat, jumladan 51 ta qonun, 45 ta Prezident hujjatlari, 68 ta hukumat hujjatlari, 15 ta idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqildi. 2 363 ta qonunchilik hujjatlari loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi. Shuningdek, 297 ta idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Vazirlikka kelib tushgan jami 142,5 mingta murojaatlarning 122,9 mingtasi, ya'ni 86 foizi qonuniy hal etildi.
Qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish bo‘yicha 55 984 ta taqdimnoma kiritildi, 12 039 nafar shaxslar ma'muriy, 25 542 nafar shaxslar intizomiy javobgarlikka tortildi, shundan 682 nafar xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.
Sudlarga 438 mlrd so‘mlik 30 194 ta da'volar (arizalar) kiritilib, 395 mlrd so‘mlik 29 739 ta da'volar (arizalar) qanoatlantirildi.