Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Qanday holatlar mualliflik va turdosh huquqlar buzilishiga olib keladi?


Qanday holatlar mualliflik va turdosh huquqlar buzilishiga olib keladi?


“Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunining 62-moddasiga binoan mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzilishga quyidagilar kiradi:


mualliflarning shaxsiy nomulkiy huquqlarini buzish;


ijrochining ismi-sharifiga bo‘lgan va ijroni har qanday tarzda buzib ko‘rsatilishidan yoki har qanday boshqacha tarzda tajovuz qilish;


huquq egasi yoki mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot bilan shartnoma tuzmasdan asarlar yoki turdosh huquqlar ob’ektini takrorlash, tarqatish yoki undan boshqacha tarzda foydalanish;


Qonunda nazarda tutilgan hollarda haq to‘lash to‘g‘risidagi talablarni buzish;


huquq egalarining mulkiy huquqlarini boshqacha tarzda buzish mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzishdir.


Navoiy viloyat adliya boshqarmasi Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sho'basi bosh maslahatchisi M.Umerzakov