Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

"NOTARIUSLARDAN HARBIYLARGA BEPUL HUQUQIY MASLAHAT" AKSIYASI O‘TKAZILDI


An’anaga ko‘ra, Respublika bo‘ylab ushbu aksiya tadbirlari o‘tkazildi. Xususan, Notarial palataning Navoiy viloyat hududiy boshqarmasi va Mudofaa ishlari boshqarmasi hamkorligida ikki kun davomida viloyatimizning barcha hududlarida tashkil etilgan aksiya davomida harbiy xizmatchilarga subsidiya asosida turar joyga ega bo‘lish tartibi, oldi-sotdi shartnomalari, ishonchnoma, vasiyatnoma va meros masalalari yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi. Qolaversa, harbiylarga O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi, Notarial palataning “Notarius maslahati” gazetasi hamda ishlab chiqilgan uslubiy qo‘llanmalari, notarial harakatlardan namunalar tarqatildi.