Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Adliya: Har qanday ob-havo sharoitida biz siz bilan


Adliya: Har qanday ob-havo sharoitida biz siz bilan



Barcha DXM larga tashrif buyurayotgan pensioner, nogiron, yosh bolali fuqarolarni xizmat avtomashinasi Damaslarda zarur hollarda avtobuslar bekati, shahar yoki tuman markazi, uyiga qadar yetkazib qo‘yiladi. Hozir barcha DXMlar energiya tejamkor rejimda ishlamoqda: kunduz kuni chiroqlar yoqilmaydi, faqat kompyuter va fuqarolarga ma’lumot beruvchi tablolar ishlaydi.

Qahratonda davlat xizmatlarini uydan turib, hatto mobil telefon orqali ham olishingiz mumkin

Hujjat ishlarini deb sovuqda yurish shart emas. Elektron davlat xizmatlaridan my.gov.uz, license.gov.uz hamda new.birdarcha.uz orqali uydan chiqmagan holda foydalaning.

Masalan, my.gov.uz orqali:

– sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanma olish;

– masofadan turib bolani bog‘chaga navbatga qo‘yish va navbatni tekshirish;

– nikohdan o‘tishga onlayn ariza topshirish mumkin.

"Litsenziya" (http://license.gov.uz/) axborot tizimi orqali litsenziyalash va ruxsat berish hujjatlari uchun ariza berish, kabinet orqali tashkilotga tegishli ma’lumotlarni olish, litsenziyalar reyestridan ma’lumotlar izlash imkoniyatlari mavjud.

Biznesni new.birdarcha.uz orqali uydan chiqmagan holda oson va tez boshlash imkoni yaratilgan.

Davlat xizmatlari markazlari fuqarolarga imkon qadar mehr va iliqlik ulashish niyatida harakat qilyapti va bu hali hammasi emas: yana nimalar qilsak, fuqarolarga qulaylik yaratiladi?