Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Navoiy viloyati yuridik texnikumida "Yilning eng yaxshi o'qituvchisi" aniqlandi


Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 15-oktabrdagi 326-um-son “Adliya organlari xodimlari oʻrtasida kasbiy tanlovlarni oʻtkazishga doir hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi buyrug’i hamda 2022-yil 27-yanvardagi 12-um-son  buyrug’iga asosan 2024- yilning 18-yanvar kuni yuridik texnikumda “Yilning eng yaxshi oʻqituvchisi” nominatsiyasi bo‘yicha tanlovning dastlabki bosqichi tashkil etildi.

Nizom talablariga asosan bo‘lib o‘tgan tanlov yakunlari bo‘yicha hududiy komissiyaning xulosasiga binoan:

1-o‘rinni 74 ball bilan Ko’ndibayev Behzod Sunnatullo o’g’li;
2-o‘rinni 70 ball bilan Sobirov Mirzoxid Roziqovich;
3-o‘rinni 68 ball bilan Xamrayeva Dildora Atamuratovna egalladi.

Texikumning «Mutaxassislik fanlar» kafedrasi mudiri Ko’ndibayev Behzod Sunnatullo o’g’liga tanlovning Respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanma berildi.

Jamoadoshimiz Ko’ndibayev Behzodga tanlovning Respublika bosqichida ham muvaffaqqiyat tilaymiz!