Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

ADLIYA BOSHQARMASI BOSHLIG‘I TIZIMDAGI YOSHLAR BILAN UCHRASHDI


Joriy yil 20-yanvar kuni Navoiy viloyat adiya boshqarmasi boshlig‘i viloyat, tuman va shahar adliya bo‘limlari va muassasalarida faoliyat yuritayotgan yoshlar bilan uchrashdi.

Maqsad – iqtidorli yosh xodimlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, fuqaro murojaatlari bilan ishlashda professionallik , ularning sifatli huquqiy xizmatga moslashuvini, kasbiy rivojlanish jarayonlarini tezlashtirish, yuqori tajribaga ega malakali xodimlarning ish amaliyoti bilan yaqindan tanishishtirish hamda tajriba almashish amaliyotini yo‘lga qo‘yishdir.

Uchrashuvda tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar, bunda yoshlarning alohida o'rni va ishtiroki muhimligi ta’kidlandi.

Yosh mutaxassislar tomonidan faoliyatni yanada takomillashtirish va ularni qo'llab-quvvatlash yuzasidan taklif va tashabbuslari tinglanib, mehnat faoliyati unumdorligini oshirish, ulkan maqsadlarga erishish yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi.