Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Turli davlatlarda mualliflik huquqini buzganlik uchun jazo choralari belgilangan.


Turli davlatlarda mualliflik huquqini buzganlik uchun jazo choralari belgilangan.

Masalan:
1. AQShda jarima 250,000 AQSh dollarigacha hamda 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.
2. Buyuk Britaniyada 60,000 funt sterlinggacha jarima hamda 10 yil muddatgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.
3. Germaniyada 50,000 yevrogacha jarima hamda 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.
4. Fransiyada 500,000 yevrogacha jarima hamda 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.
5. Hindistonda eng kamida 50,000 hind rupisida jarima hamda 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.
Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar obyektlari, albatta, xalq mulkiga aylanadi. Faqat biroz kuting!

So‘nggi kunlarda bir qator ijtimoiy tarmoqlarda muallif merosxo‘rlarining o‘z huquqlarini himoya qilish yuzasidan murojaat qilishi o‘rinsiz tanqid qilinmoqda.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida muallif hamda boshqa huquq egalarining manfaatlari “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq himoya qilinadi.
Ushbu Qonun xalqaro normalarga asoslangan bo‘lib, butun dunyoda mualliflik huquqi va turdosh huquqlar obyektlarining himoyasi shu tartibda amalga oshiriladi.

Ushbu Qonunga ko‘ra muallif asardan har qanday shaklda va har qanday usulda foydalanishda mutlaq huquqlarga ega. Yuridik va jismoniy shaxslar asardan faqat huquq egasi yoki boshqa vakolatli shaxs bilan tuzilgan shartnomaga binoan foydalanishlari mumkin.

Ya’ni, siz biron-bir asardan foydalanishingiz uchun uning muallifi yoki boshqa huquq egalaridan rozilik olishingiz shart.

Ushbu normaning asosiy maqsadi – ijodkorlarning huquqlarini himoya qilish, ularning sermahsul ijodiy faoliyatini davom ettirishiga ko‘maklashish hisoblanadi.

Ushbu Qonunga muvofiq mualliflik huquqlari ikki turga bo‘linadi. Birinchisi – muallifning shaxsiy nomulkiy huquqlari, ikkinchisi – mulkiy huquqlari.
Muallifning shaxsiy nomulkiy huquqlari doimo uning o‘zida saqlanib qoladi hamda meros sifatida o‘tkazilmaydi.

Mulkiy huquqlar esa muallifning butun hayoti va uning vafotidan so‘ng 70 yil davomida, turdosh huquqlar esa, ijro birinchi marta ijro etilgandan keyin 50 yil mobaynida amal qiladi.

Muallif vafotidan so‘ng uning mulkiy huquqlari merosxo‘rlarga o‘tishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik va Oila kodekslarining tegishli moddalariga asosan, meros – bu vafot etgan shaxs (meros qoldiruvchi)ning mulkiy huquqlari merosxo‘rga o‘tishidir.
Merosxo‘rlar ikki guruhga bo‘linadi. Birinchisi, vasiyat bo‘yicha merosxo‘rlar – qarindoshligidan qatiy nazar, har qanday shaxs, shuningdek, yuridik shaxs, davlat yoxud fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vasiyatnoma bo‘yicha merosxo‘r bo‘lishi mumkin.
Ikkinchisi, qonun bo‘yicha merosxo‘rlar – bunda meros qoldiruvchining farzandlari, qon-qarindoshlari voris hisoblanadi. Ular qarindoshlik darajasiga qarab merosga haqdor bo‘ladilar.

Qonunchilikka muvofiq ushbu muddatlarning tugashi asarlarning ijtimoiy mulkka aylanishini bildiradi. Ya’ni, ushbu asarlar nafaqat ma’lum bir xalq, balki butun bashariyat mulkiga aylanadi.

Ijtimoiy mulk bo‘lgan asarlardan har qanday shaxs mualliflik haqini to‘lamagan holda erkin foydalanishi mumkin. Bunda muallifning shaxsiy nomulkiy huquqlariga rioya etilishi kerak.

Hurmatli vatandosh o‘zgalarning mualliflik va turdosh huquqlariga shaxsiy mulkingizni ardoqlaganingiz kabi munosabatda bo‘ling. Zero, ular ham kimningdir shaxsiy mulkidir