Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Adliyadan tushuntirish!


Ijtimoiy tarmoqlarda Adliya vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasini “o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish bilan bog‘liq aksiya” sifatida noto‘g‘ri talqin qilish holatlari kuzatilmoqda.

Adliya vazirligi tomonidan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida tug‘ilish, yaqin qarindoshining o‘limi qayd etilmagan shaxslar, nikoh, ajrim, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda ko‘chmas mulklarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan shaxslarga huquqiy ko‘maklashish maqsad qilingan.

Ammo, ayrim fuqarolar mazkur huquqiy aksiyani “o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish bilan bog‘liq aksiya” – deb tushunib, vakolatli tashkilotlarga mulk huquqini eʼtirof etish bo‘yicha murojaat qilish holatlari kuzatilmoqda.

Taʼkidlash joizki, ushbu aksiya doirasida ko‘chmas mulk obyektiga nisbatan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjati mavjud bo‘lsa, davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan shaxslarga nisbatan amaliy yordam ko‘rsatish belgilangan.

Aksiyaning birinchi kunidayoq “1148” ishonch telefoni orqali dastlabki 100 dan ortiq mazkur turdagi murojaatlar qabul qilib olinib, malakali mutaxassislar tomonidan o‘rganib chiqilmoqda.

Maʼlumot tariqasida, huquqiy aksiya doirasida fuqarolar bevosita tuman (shahar) adliya bo‘limlarida tashkil etilgan maxsus shtablar yoki “1148” qisqa raqamli ishonch telefoni orqali murojaatlarini qoldirishlari mumkin. 

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi