Янгиликлар
25
Hech bir shaxs xujjatsiz qolmaydi
Navoiy viloyat adliya organlari tizimida "Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" shiori ostida huquqiy targ'ibot tadbirlari davom etmoqda.
Aksiya doirasida Konimex tumani aholisining huquqiy masalalari o'rganildi.Dastlab tumandagi "Yuksalish" mahallasida adliya boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari Z.Farmanov tomonidan fuqarolar bilan sayyor muloqot tashkil etildi.
Qabul davomida fuqarolar tug'ilish va o'lim to'g'risidagi guvohnomalar olish, uy-joy kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirishda kerakli hujjatlarni tayyorlash, shartnomaviy munosabatlarda yuzaga kelayotgan anglashilmovchiliklarga oydinlik kiritish singari bir qator masalalarda murojaat qilishdi.
Maluba Eshpo'latova bugungi kunda nikoh guvohnomasini yo'qotib qo'ygan.Ijara asosida yashaydigan fuqaro turli joylarda ko'chib yurgani bois ana shunday vaziyatga tushganini ta'kidlaydi.Matluba Eshpo'latovaning masalasi takroriy nikoh guvohnomasi olib berish orqali ijobiy hal etib berildi.
Shuningdek, yoshlarning nikoh guvohnomalari, ayrim fuqarolarning o'lim guvohnomasini rasmiylashtirish bo'yicha ijobiy ishlar amalga oshirildi.
Aholi bilan muloqotdan so'ng, Konimex tuman adliya bo'limi, DXM,YUXKM hamda FHDY faoliyati o'rganildi.