Янгиликлар
30
"HECH BIR SHAXS HUJJATSI QOLMAYDI"
Karmana tuman adliya bo'limi tomonidan Aksiya doirasida tug‘ilganlik guvohnomasi olmagan 6 nafar fuqarolarning tug'ilishini qayd etish uchun zarur bo'lgan hujjatlarini tayyorlash ishlari amalga oshirilmoqda, shuningdek 1 nafar Rossiya federatsiyasida tug'ilishi qayd etilgan biroq tug'ilganlik guvohnomasi yaroqsiz holga kelib qolgan fuqaro A.Naumovga Xalqaro Kishinyov konvensiyasi asosida takroriy guvohnoma olish uchun so'rov yuborildi.
Bundan tashqari 1 nafar tadbirkorga tadbirkorlik subyektini davlat ro'yxatdan o'tganligi hujjatlari rasmiylashtirilib berildi.
Shuningdek, Aksiyani targ'ib etuvchi materiallar tarqatilmoqda.