Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

Adliya: Yarim asr hujjatsiz yashagan fuqaro


Navbahor tumani adliya bo‘limi hududning olis qishloqlarida "Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" aksiyasi doirasida uyma-uy xatlov va targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazmoqda. Hududning "Qizilrabot" mahallasida bo‘lgan adliya xodimlari targ‘ibot jarayonida yarim asr hech qanday hujjatsiz yashagan fuqaroni aniqladilar. 50 yoshli  Shahrizoda Muhiddinovaning  na "metrika"si va na pasporti bor. 

Bundan tashqari, yana bir oila - Ozoda Haydarova bilan turmush qurgan Sadriddin Bahriddinovning nikohi yo‘qligi bois, oilada tug‘ilgan egizaklarning "metrika" sizligi ma’lum bo‘ldi. Xuddi shu oiladan Sherzod Bahriddinov va Charos Loziyevalarning nikohi yo‘qligi, shuningdek Alisher Tangriyev va Munojot Boboqulovalarning nikoh guvohnomasi va farzandiga tug‘ilganlik guvohnomasi mavjud emasligi aniqlandi.

Adliya ish yurituviga olingan mazkur murojaatlar albatta yechim topadi. "Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" aksiyasi davom etmoqda..