Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

Haftaning har chorshanbasi — "Huquqiy axborot kuni"


Adliya vazirligi tomonidan haftaning har chorshanba kuni “Huquqiy axborot kuni” sifatida belgilangan. Shu asosda, respublika miqyosida shahar markazlaridan, olis qishloqlar va chekka ovullargacha fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish maqsadida huquqiy axborotni tarqatish ishlari va targ‘ibot tadbirlari tashkil etib borilmoqda.

Navoiy viloyatida ham bu borada manzilli tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, hududdagi barcha MFYlar binolari, tijorat banklari va aholi gavjum bo‘ladigan maskanlarga “Yuridik elektron kutubxona” va axborot manbalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish imkonini beruvchi QR-kod va targ‘ibot materialari joylashtiridi.

Tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan “ "Huquqiy axborot kuni" loyihasi doirasida mahallalarda, shu jumladan, ZOOM platformasi orqali, huquqiy o‘quvlar tashkil etildi.

Uyma-uy yurish tadbirlari davomida fuqarolarning qonunchilikka oid bilim va ko‘nikmalarini oshirish bilan bir qatorda so‘rovnomalar o‘tkazish tashkil etildi.

Ta’lim muassasalari, mehnat jamoalari va yoshlar o‘rtasida huquqiy muloqotlar, davlat xizmatlaridan onlayn foydalanish yuzasidan amaliy seminarlar o‘tkazildi.