Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

NIKOHI RASMIYLASHTIRILMAGAN OILA FARZANDIGA TUG'ILGANLIK GUVOHNOMASI TOPSHIRILDI


Tug'ruqxona binosi.Bu yerdan chaqaloqlar shaxs bo'lib chiqadi.Tug'ilganlik guvohnomasiz endilikda bu dargohdan chiqish mushkul.Ammo dunyoga kelgan bolalarning hammasi ham perenatal markazlarda tibbiy nazoratda bo'lmagani, e'tiborsizlik, mas'uliyatsizlik yoki boshqa tashqi omillar sabab ularga o'z vaqtida shaxsni tasdiqlovchi hujjat olinmagan.
Shu yil 6 yoshni qarshilagan Sunnatilloga ham ana shunday hujjat olib berish maqsadida tegishli harakatlar amalga oshirildi. 
Sunnatilloning onasi Navoiy shahar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo'limiga murojaat qilgandan so'ng, bolaga tug'ilganlik haqidagi guvohnomani rasmiylashtirishdan avval uning salomatligi ko'rikdan o'tkazildi.
Aytib o'tish joiz adliya xodimlari tomonidan "Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" huquqiy aksiyasi doirasi fuqaro murojaatini hech bir to'siqlarsiz ijobiy hal etish uchun tibbiy muassasalar bilan ham hamkorlik  yo'lga qo'yilgan.
Bosqichma-bosqich olib borilgan ko'rik jarayonlari va hujjatlar tegishli tartibda rasmiylashtirilgandan so'ng Sunnatilloga shu kunning o'zida tug'ilganlik guvohnomasi rasmiylashtirib berildi.Shuningdek, G'ulomovlar oilasida nikoh ham rasmiylashtirilmagani bois, arizalar qabul qilindi.