Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Navoiy viloyat boshqarmasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi


Oʻzbekiston Prezidentining “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi boʻgʻin sifatida ishlashini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni bilan Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda tuman (shahar) boʻlimlarini tashkil etildi.

Adliya boshqarmasida uyushmaning viloyat boshqarmasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mahalla fuqaro va davlat tashkilotlari o‘rtasida ko‘prikdir. Shu bois, tadbirda Aholi murojaatlari bilan yanada samarali ishlashni tashkil etish maqsadida adliya organlari va mahalla idoralari hamkorligini yangi bosqichga ko‘tarish xususida so‘z yuritildi.