Янгиликлар
01
"Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" aksiyasi odam gavjum manzillarda
"Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" aksiyasi bilan har bir xonadongacha kirib borayotgan adliya idoralari xatlov sabab fuqarolarning ko‘p yillik hujjatsizlik muammolariga barham bermoqda. Qiziltepa tumanida ham bu borada e’tirofli ishlar amalga oshirilmoqda. Har bir mahalla har bir qishloqda targ‘ibot tadbirlari reja grafik asosida tashkil etilgan. Galdagi manzil "Kulolon", "Toshrabot", "Vang‘ozi" mahallari bo'ldi
Sizda ham bunday muammolar bo‘lsa, hududingizdagi adliya bo‘limlariga yoki 1148 ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qiling.