Янгиликлар
03
Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi
Hujjatlari joyida bo'lgan fuqaro jamiyatda erkin harakatlana olishi, qonuniy istak va tashabbuslarini to'siqlarsiz amalga oshirishi mumkin.Ammo, turli hayotiy vaziyatlar sabab hamma ham zarur hujjatlarni o'z vaqtida ololmagan.
"Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" aksiyasi doirasida ana shunday fuqarolarning mushkuli oson bo'lmoqda.
Navoiy viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i tomonidan Nurota tumanida o'tkazilgan sayyor qabul va xatlov jarayonida fuqarolarning bandlik, uy-joy ta'miri, moddiy yordam olish singari maishiy muammolari bilan bir qatorda kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, mulkka egalik huquqi, takroriy nikoh, tug'ilganlik va o'limni qayd etish bilan bog'liq murojaatlarini ijobiy hal etish maqsadida tegishli choralar ko'rildi.
Sayyor qabuldan so'ng, tuman adliya bo'limi faoliyati tahlil etildi.
Shuningdek, Nurota markazidan 150-200km uzoqlikda joylashgan "Temurqovuq" va "Qizilcha" qishlog'i aholisi holidan xabar olinib, 5 nafar fuqaroga tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.
" Qizicha" qishlog'ida istiqomat qiluvchi Nurboyeva Anor aya shu yil 94 bahorni qarshi oldilar.Xatlov jarayonida onaxonning shu kunga qadar tug'ilganlik guvohnomasi olinmaganligi ma'lum bo'ldi.Aksiya doirasida Anor ayaga huquqiy ko'maklashish maqsadida dastlabki harakatlar amalga oshirildi.