Янгиликлар
05
Tashrif
Adliya vazirligining Yuridik ta’lim va sud ekspertiza boshqarmasi boshlig‘i J.Nuritdinov joriy yilning 2-fevral kuni Navoiy viloyati yuridik texnikumiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida yuridik texnikumda o‘qish jarayonlari, o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy-texnik bazasining ta’minlanganlik darajasini o‘rgandi.
Shuningdek, yuridik texnikumdagi dars jarayonlarida o‘quvchilar bilan muloqotda bo‘lib, ularga professional huqushunos bo‘lish uchun yetarli ilm olish va ularga bu borada sharoitlar yaratib berilishini qayd etib o‘tdi.
Shu bilan birga, yuridik texnikumdagi mavjud muammolar yuzasidan hamda o‘quvchilarni kelgusida kasbga yo‘naltirishga doir qilinishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.