Янгиликлар
05
HUQUQIY AKSIYA TOMDIDA
Tomdi tuman adliya bo`limi tomonidan "Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" aksiyasi doirasida huquqiy targ‘ibot tadbirlari va xatlov tashkil etilib, fuqarolarga huquqiy ko‘mak ko‘rsatildi. Tadbirlar davomida hududdagi mahallalarda xatlov o‘tkazilib, masalalar uyma-uy yurib o'rganildi. Muloqotlar mobaynida fuqarolar kadastr hujjatlari, shahodatnoma, tug'ilish va o'lim to'g'risidagi guvohnomalar olish, muddati o'tgan nikohni rasmiylashtirish, singari masalalarda murojaat qilishdi.
Aksiya davomida tug‘ilish va nikoh guvohnomalarini olmagan fuqarolarga tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirib berildi.