Янгиликлар
05
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH DAVR TALABI
Navoiy shahridagi Prezident maktabida Navoiy viloyati Adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda maʼrifat soati tashkil etildi.
Maʼrifat soati korrupsiyaga qarshi kurashishga doir bilimlarni oshirishga qaratilib, Adliya boshqarmasi boʻlim boshligʻi Dildora Kattayeva maktab xodimlari va oʻquvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdilar.
Navoiy shahar DXM boʻlim boshligʻi Mashrab Avezov tomonidan "One ID" tizimidan roʻyxatdan oʻtish, my.gov.uz tizimidan foydalanish boʻyicha maʼlumotlar berilib, amaliy mashgʻulotlar oʻtkazildi.