Янгиликлар
07
HECH BIR SHAXS HUJJATSIZ QOLMAYDI
Karmana tuman adliya bo'limi tomonidan tumandagi Allon, Shibzon, Jaloyir, Nurafshon mahallalarida uyma uy yurgan holda hujjatlarida muammosi bor fuqarolarning murojaatlari o'rganildi.
O'rganish natijasida, uch ta oilaning qonuniy nikohdan o'tmasdan yashab kelayotganligi holati aniqlanib, ikkita oilaning hujjatlari bo'yicha huquqiy tushuntirish berildi va bitta nikoh qayd etish to'g'risida ariza olindi.
Shuningdek, moddiy yordamga muhtojligi aniqlangan biroq, ayrim hujjatlarini olish uchun qiynalib yurgan bir nafar oilaning ikki farzandiga adliya tomonidan beriladigan ma'lumotnoma berilib, bugunning o'zida hujjatlaridagi kamchiliklar bartaraf etilib, MFYga ariza topshirilishiga amaliy ko'mak berildi.
Bundan tashqari ikki nafar fuqaroning tug'ilganlik haqidagi guvohnomasi yo'qolganligi bo'yicha qilgan murojaati qanoatlantirildi.
Shuningdek, fuqarolarga Aksiyani targ'ib etuvchi materiallar tarqatildi.