Янгиликлар
07
"Mening huquqim" mavzusida davra suhbati
Navoiy viloyati yuridik texnikumida 2024-yil “Yoshlar va biznesni qo’llab-quvvatlash” yili munosabati bilan yoshlarimiz uchun bir qator tadbirlar, uchrashuvlar va seminarlar tashkil qilinmoqda.
Yoshlarning huquqiy ong va huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish hamda ularning huquqlarini tushuntirish maqsadida “Mening huquqlarim” mavzusida davra suhbati o'tkazildi.
Savol-javoblarga boy o'tgan mazkur davra suhbati Navoiy shahar Jinoyat ishlari bo'yicha sudyasi D.Pardayeva hamda texnikumning huquqshunoslik o'qituvchisi M.Sobirovlar tomonidan olib borildi.