Янгиликлар
07
ADLIYA: FUQARO ROZI BO'LMAGUNICHA TINIM BILMAYMIZ!
Karmana tuman adliya bo'limi tomonidan kunlik reja-grafik asosida fuqarolarning huquqiy muammolarini bevosita o'rganish maqsadida uyma uy va mahallabay xatlov o'tkazilmoqda.
Xatlov natijasida, 8 ta tug'ilganlik haqida guvohnomasini yo'qotib qo'yganlik, 2 ta qonuniy nikohdan o'tmasdan yashab kelayotganlik, 1 ta sud tartibida nikohdan ajrashgan, biroq FHDY tomonidan ro'yxatdan o'tkazilmaganlik, 3 ta shaxsini tasdiqlovchi hujjat (ID-karta) olmaganlik holatlari hamda 1 ta ro'yxatdan o'tkazilmagan tadbirkorlik subyekti aniqandi.
Aniqlangan holatlar bo'yicha zudlik bilan amaliy choralar ko'rilishi natijasida tadbirkorlik sub'yekti davlat ro'yxatidan o'tkazilishi, sudning qarori asosida ajrim guvohnomasi berilishi hamda tuman migratsiya va fuqarolikni ta'minlash bo'limiga fuqaroning yashash xonadoni haqida ma'lumot berilishi ta'minlandi.