Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

YOSHLAR MASALASI ADLIYA E’TIBORIDA


Yoshlar masalasi adliya e’tiborida.O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan yoshlar aksiyasida ularning muammolarini aniqlash, ijobiy hal etish huquqiy ong va dunyoqarashini yanada oshirish maqsad qilingan.Respublika bo‘ylab davom etayotgan mazkur aksiya Navoiy viloyat adliya organlari tizimida ham amalda. Aksiya doirasida tashkil etilgan navbatdagi tadbir manzil Xatirchi tumani. Hududi jihatdan viloyatning eng yirik tumanlaridan biri hisoblangan Xatirchida aholining qariyib 42 foizini yoshlar tashkil etadi.Aksiya domida alohida nazoratda turgan, ijtimoiy kam ta’minlangan,nogironligi bor yoshlar holidan uyma-uy xabar olindi.

Yoshlarni har biri bir olam.Kimdir uy-joy, bandlik masalasida yordam so‘ragan bo‘lsa, kimdir salomatligi tiklashda yetarlicha mablag‘ ajratilishidan umidvor.

Masala va muammolar mahallabay o‘rganilgandan so‘ng, yoshlar jammoasida huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.Tadbir davomida qonunchilikdagi yangiliklar, adliya organlari tomonidan aksiya doirasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma’lumot berildi.
Shundan so‘ng, davlat xizmatlaridan foydalanish tartibi, tizimda joriy etilgan xizmat turlari xususida so‘z yuritilib, elektron ilovalardan foydalanish tartibi tushuntirildi.
Amaliy seminar shaklida davom etgan tadbirda yoshlar elektron imzo olish, Mobil ID ilovasidan ro‘yxatdan o‘tish singari amallarni mustaqil bajarishni o‘rgandilar.