Янгиликлар
09
ADLIYA: BIZ HUJJAT OLISHINGIZ UCHUN KO'MAKDOSHMIZ!
Karmana tuman adliya bo'limi hamda tuman tibbiyot birlashmasi hamkorligida hujjatga ega bo'lmagan shaxslarga amaliy ko'mak berish maqsadida mahallabay xatlov o'tkazildi.
Kunlik xatlov natijasida, 9 ta tug'ilganlik haqida guvohnomasini yo'qotib qo'yganlik, 49 ta qonuniy nikohdan o'tmasdan yashab kelayotganlik, 1 ta sud tartibida nikohdan ajrashgan, biroq FHDY tomonidan ro'yxatdan o'tkazilmaganlik, 26 ta shaxsini tasdiqlovchi hujjat (ID-karta) olmaganlik holatlari hamda 5 ta ro'yxatdan o'tkazilmagan tadbirkorlik subyekti aniqandi.
Aniqlangan holatlar bo'yicha zudlik bilan amaliy choralar ko'rilishi natijasida tadbirkorlik sub'yekti davlat ro'yxatidan o'tkazilishi, sudning qarori asosida ajrim guvohnomasi berilishi hamda tuman migratsiya va fuqarolikni ta'minlash bo'limiga fuqaroning yashash xonadoni haqida ma'lumot berilishi ta'minlandi.