Янгиликлар
13
Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi
Qiziltepa tuman adliya bo'limi dxm xodimlari tomonidan hududning "Konsurun" mahallasida "Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" aksiyasi doirasida aholiga sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi.
Fuqarolarning keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar berish xizmati, pensiya (nafaqa) haqida ma’lumot, ish haqi va ish stajini tasdiqlash to‘g‘risidagi arxiv ma’lumotnomasini olish, ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish, maktabgacha ta'lim tashkilotiga ro'yxatga qo'yish, elektron raqamli imzo kalitlarini olish xizmatlari bo‘yicha jami 20 ga yaqin xizmatga murojaatlari qanoatlantirildi.