Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

OCHIQ ESHIKLAR KUNI


Bugun yoshlar masalasi davlat e’tiborida. Barcha sohalar qatori adliya organlari tizimida ham yoshlarning huquqiy muammolarini oʻrganish, ularning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash muhim yoʻnalishlardan biriga aylandi.

Adliya boshqarmasida tashkil etilgan "Ochiq eshiklar kuni" da ham yoshlarga oid muhim qonunchilikdagi normalar bosh mavzuga koʻtarildi .
Tadbirda qizil hudud toifasiga kiritilgan va uyushmagan yoshlar jamoatchilik vakillari jurnalist va blogerlar ishtirok etishdi.

Tadbir avvalida  ishtirokchilar adliya organlari faoliyati haqida batafsil ma’lumot beruvchi huquqiy bekatlar va koʻrgazma pavilionlari bilan yaqindan tanishib chiqdilar. Aytib oʻtish kerak,oʻtgan yil davomida adliya boshqarmasi va tuman shahar adliya boʻlimlari tomonidan 4000 yaqin murojaatlar qabul qilinib shulardan 62% qanoatlantirildi. Shuningdek,100 dan ortiq yoshlarning muammolari uyma-uy oʻrganilib ijobiy hal etilgani tadbir ishtirokchilariga yetkazildi