Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

SAYYOR QABULLAR


Navoiy shahrining "Chinor" mahallasida yashovchi 72 yoshli onaxon keksalik chog‘ida uysiz qolishidan cho‘chib, huquqiy himoya istab, o‘zi yashab turgan mahalla binosida tashkil etilgan sayyor qabulga keldi. Yana bir oilaning notarius ko‘magiga ehtiyoji bor. Davlat xizmatiga yumushi bor fuqaroning pensiyaga chiqish uchun murojaati mavjud. Bugun muammosiga yechim topmoqchi bo‘lgan odam borki, manzillarda tashkil etilayotgan sayyor qabullardan qolmaydi. Shu boisdan adliya idoralari xodimlari mahallalarda odamlar orasida.

Navoiy viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari D.Husanov tomonidan Navoiy shahar "Chinor" mahallasida fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi. Qabulda 30 nafardan ortiq fuqaro murojaat qilib, ularning 18 nafariga joyida huquqiy tushuntirish berildi. 12 nafar fuqaroning murojaati alohida o‘rganish talab etilganligi sababli, adliya ish yurituviga olindi. Shuningdek, qabul davomida fuqarolarga 10 dan ortiq sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.