Янгиликлар
14
O`zbekistonda ish haqini o`z vaqtida to`lash majburiyati xalqaro norma bilan mustahkamlandi
O`zbekiston Respublikasining Qonuniga ko`ra Xalqaro mehnat tashkilotining “Ish haqini himoya qilish to`g`risida”gi 95-sonli Konvensiyasi ratifikasiya qilindi.
Ratifikasiyaga binoan konvensiyada ish beruvchilar tomonidan ish haqi o`z vaqtida to`lanishini ta’minlashga qaratilgan, qoidalar ish haqi to`lanadigan yoki to`lanishi lozim bo`lgan barcha shaxslarga nisbatan qo`llanilishi qayd etilgan.
Konvensiyada:
- xodimlarning ish haqini qonuniy ravishda va belgilangan muddatlarda o`z vaqtida to`lanishi;
- ish haqi bevosita xodimga ish kunida va ish joyida naqd shaklida to`lanishi, natura shaklida to`lashning chegarasi va shartlari mavjudligi;
- xodimning ish haqini erkin tasarruf eta olishi, ish haqidan ushlab qolinishi va chegarasi faqat milliy qonunchilikda belgilanishi;
- xodimlarga ish haqini hisoblanishi va tarkibi to`g`risida axborot olishlari huquqlaridan foydalana olishi talablari mavjud.