Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

ODAM SAVDOSIGA QARSHI KURASHISHNING HUQUQIY ASOSI


Dunyodagi barcha mamlakatlar odam savdosidan jabrlanishadi. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, odam savdosi qurbonlarining 71 foizini ayollar va bolalar tashkil etadi. Zarafshon shahridagi “Konchilik” va “Tinchlik” mahallalarida adliya bo‘limi tomonidan tashkil etilgan huquqiy targ‘ibot tadbirida shu xususda so‘z yuritildi.
“Odam savdosi-davr muammosi” mavzusida bo‘lib o‘tgan muloqot davomida odam savdosi muammosining dolzarbligi mamlakatimizda ushbu jinoyatga qarshi kurashish borasida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, tegishli mutasaddi tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.