Янгиликлар
13
Tomdi tumanining "Aqtov", Uchquduq tuminidagi “Aytim” hamda Zarafshon shahrining “Konchilar” mahallalarida sayyor qabullar o‘tkazildi.
Navoiy viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari tomonidan viloyatning olis hududlari Tomdi tumanining "Aqtov", Uchquduq tuminidagi “Aytim” hamda Zarafshon shahrining “Konchilar” mahallalarida sayyor qabullar o‘tkazildi. Aytib o‘tish joiz, mazkur hududlar viloyat markazidan 250-300 kilometr uzoqlikda joylashgan.
Sayyor qabul jarayonida uy-joy ta’minoti, ta’lim, tadbirkorlik va chorvachilik yo‘nalishlarida krediti olish, davolanish uchun pul mablag‘i olish, sud-huquq masalasi, uy-ta’miri, ishga joylashish kabi murojaatlari yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi.
Kelib tushgan murojaatlarning aksariyati joyida hal qilinib, ayrimlari tegishliligiga ko‘ra yo‘naltirildi. Bundan tashqari, qabul mobaynida mobil ofis orqali aholiga sayyor tartibda 60 dan ortiq davlat xizmatlari koʼrsatildi. Subsidiya, taksi faoliyati bilan shugʼullanish, oʼquv markazlari tashkil etish, yakka tartibda tadbirkorlikni yoʼlga qoʼyish shular jumlasidan.
Sayyor xizmat jarayonida 4 ta tadbirkorlik subyekti davlat roʼyxatidan oʼtkazildi fuqarolarga 60 dan ortiq boshqa turdagi davlat xizmatlari ko‘rsatildi.