Янгиликлар
22
Joriy yilning 1-choragida 21 ta yangi xizmat koʻrsatish joriy etilgan. Yil oxiriga qadar ular 400 taga yetkaziladi
Joriy yilning 1-choragida 21 ta yangi xizmat koʻrsatish joriy etilgan. Yil oxiriga qadar ular 400 taga yetkaziladi
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda (https://www.facebook.com/aoka.uz/videos/319845720856858/) Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Oʻrinboyeva maʼlum qildi.
Ulardan 55 turdagi xizmat bepul koʻrsatiladi, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan shaxslar, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga 50 foiz chegirma qoʻllaniladi.
2024-yilning 1-choragida Markazlar orqali 7,9 mln davlat xizmatlari koʻrsatildi, shundan 5,6 mln.ga yaqini Markazlar orqali, 2,3 mln.dan ortigʻi onlayn tarzda koʻrsatildi.
Oʻrtacha xizmat koʻrsatish vaqti 1 daqiqadan 10 daqiqagacha, oʻrtacha kutish vaqti 20 daqiqani tashkil etdi.
8 ta davlat xizmatlarini koʻrsatish jarayonlari soddalashtirildi (BPR). 2024-yilda yana 100 ta davlat xizmatini koʻrsatish jarayonlarini soddalashtiriladi.