Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

USTAMALAR TO‘LAB BERILMOQDA


MEHNATGA HAQ TO‘LASHGA TUMAN KOEFFITSIYENTLARI BO‘YICHA USTAMALAR TO‘LAB BERILMOQDA

Navbahor tuman adliya bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18-oktabrdagi “O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 297-son qarori ijrosi mutaxassislari ishtirokida monitoring qilindi.

Navbahor tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi mutaxassislari ishtirokida monitoring qilinganda, Navbahor tuman tibbiyot birlashmasida 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida o‘rindoshlik asosida ishlovchi 11 nafar xodimlarga, jumladan, jami bo‘lib, 37 874 381 qiymatdagi tuman koeffitsiyentlari uchun qo‘shimcha ustamalar to‘lanmaganligi aniqlandi.

Shunindek, Navbahor tuman tibbiyot birlashmasida 2023-yil yanvar-dekabr oylarida o‘rindoshlik asosida ishlovchi 14 nafar xodimlarga, jami bo‘lib, 42 062 188 so‘m miqdorida tuman koeffitsiyentlari uchun qo‘shimcha ustamalar to‘lanmaganligi aniqlangan.

Navbahor tuman tibbiyot birlashmasining mas’ul xodimlari tomonidan huquqni qo‘llashda xatolikka yo‘l qo‘yilganligi sababli tibbiyot birlashmasining 2022-2023-yillarda o‘rindoshlik asosida mehnat faoliyatini yuritgan xodimlariga jami 79 936 569 so‘m ustama pullari to‘lanmasdan kelinganligi ma’lum bo‘ldi.

Vaholanki, Mehnat kodeksining 438-moddasida agar jamoa shartnomasida yoxud ish beruvchi tomonidan kasaba uyushma qo‘mitasi bilan kelishilgan holda qabul qilingan o‘zga ichki hujjatda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, o‘rindoshlik asosida ishlovchilar mehnatiga haq to‘lash shakllari va tizimlari,
mukofotlar, qo‘shimcha haq, ustamalar, rag‘batlantiruvchi to‘lovlar to‘lash mazkur ish o‘zi uchun asosiy ish bo‘lgan xodimlarga belgilangan tartibda amalga oshirilishi belgilangan.

Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-sentabrdagi 743-son “Mehnat bozorida mehnat munosabatlarini tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan nizomda Mehnatga haq to‘lashga tuman koeffitsiyentlari bo‘yicha ustamalar miqdori Navoiy viloyati Navbahor tumanida 30 % ni tashkil qilishi belgilangan.

Bugungi kunda qonun talablaridan kelib chiqqan holda, Navbahor tumani tibbiyot birlashmasining tegishli xodimlariga jami 79 936 569 so‘m miqdordagi ustama pullarini to‘lab berilmoqda.


Elbek FAYZULLAYEV,
Navbahor tumani adliya bo`limi boshligi,
Xulkar NOROVA, bosh yuriskonsult