Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

BEPUL HUQUQIY MASLAHAT BILAN HAR BIR UYGA


BEPUL HUQUQIY MASLAHAT BILAN HAR BIR UYGA
Tabiiy gaz va elektr energiyasi sarfida tejamkor bo‘lganlar mablag‘larini iqtisod qilishlari mumkin.Bu bo‘yicha qabul qilingan hukumat qarori targ‘iboti Navoiy viloyat adliya organlari tizimida ham amalga oshirilmoqda.
“Bepul huquqiy maslahat bilan har bir uyga” shiori ostida mahallalarda, mehnat jamoalarida, yоshlar maskanlarida davra suhbatlari tashkil etilib, uyma-uy yurgan holda fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar olib borilayapti. Nurota tumanida ana shunday tadbirlardan biri bo‘lib o‘tdi.Tadbir avvalida “Mirishkor” va “G'ofur G'ulom” mahallalarida aholi bilan joriy yilning 16-aprel kuni qabul qilingan  hukumatning “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori mazmun-mohiyati xususida so‘z yuritilib, xonadonma-xonadon targ‘ibot materiallari tarqatilgan holda huquqiy tushunchalar berildi.
Shundan so‘ng, ta’lim muassasalarida yoshlar o‘rtasida amaliy o‘quvlar o‘tkazildi. “Street law” jamoasi yoshlari ishtirokida aholi gavjum maskanlar, “Chashma majmuasi” hamda savdo rastalarida huquqiy targ‘ibotlar amalga oshirildi.
Aytib o‘tish kerak, hukumat qarori bilan, yoqilg‘i-energetika resurslarining 2024−2025 yillarda bosqichma-bosqich o‘zgaradigan yangi narxlari hamda 2024-yilning 1-mayidan aholi uchun elektr-energiyasi va tabiiy gaz bir oylik iste’molining bazaviy me’yorlari tasdiqlandi.