Янгиликлар
25
DAVLAT DASTURINING MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
DAVLAT DASTURINING MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
Navoiy mashinasozlik zavodida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining mazmun-mohiyatini tushuntirish, korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarga qarshi
murosasizlik tuygʻusini shakllantirish maqsadida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda Navoiy viloyat “Oqila ayollar harakati” rahbari A.Bobomurodova, Navoiy yuridik texnikumi direktori o‘rinbosari D.Murtazayev, “NKMK” AJ ayollar Kengashi, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibalari, yuridik texikum va NDPI tarix fakulteti iqtidorli yoshlari hamda korxona ishchi-xodimlari ishtirok etishdi.
Davra suhbatida mutaxassislar Davlat dasturining mazmun-mohiyati, mamlakatimizda gender tenglik borasidagi ishlar, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar hamda onalarning farzand tarbiyasidagi o‘rni to‘g‘risida fikr bildirildi.
Tadbir so‘ngida iqtidorli yoshlarimizning chiqishlari namoyish etildi.