Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

O'zbekiston Respublikasi adliya vaziri o'rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh aholi murojaatlarini o'rganish maqsadida Navoiy viloyatida bo'lib turibdi


O'zbekiston Respublikasi adliya vaziri o'rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh aholi murojaatlarini o'rganish maqsadida Navoiy viloyatida bo'lib turibdi.
Dastlabki manzil Nurota tumani.

Ayni paytda  "Xalq qabulxonasi" binosida fuqarolar uchun sayyor qabul tashkil etilmoqda.
Tuman hokimi va sektor rahbarlari, davlat organlari va tashkilotlari mas'ullari ishtirokida o'tkazilgan qabulda asosan bandlik, bank-kredit, uy-joy ta'minoti,  moddiy yordam masalalari yuzasidan murojaatlar kelib tushmoqda.

Ma'lumot o'rnida, Nurota tumanida 89 500 nafar fuqaro istiqomat qiladi. Hududda mahallalar soni 31 ta. Bu manzil respublikada Nurota kashtalari va turizm salohiyati bilan mashhur. Aholining asosiy daromadi hunarmandchilik, mirishkorlik va chorvachilikdan. Bugungi kunda tumanda tog'-kon sanoati ham rivojlanib bormoqda.