Янгиликлар
27
Adliya vaziri o'rinbosari boshchiligidagi ishchi guruh vakillari G'azg'on shahrida bo'lishdi.Bu yerda ham tadbirkorlar faoliyati bilan yaqindan tanishib chiqildi
Adliya vaziri o'rinbosari boshchiligidagi ishchi guruh vakillari G'azg'on shahrida bo'lishdi.Bu yerda ham tadbirkorlar faoliyati bilan yaqindan tanishib chiqildi.
Xususan, " Marmarobod" ishlab chiqarish zavodi,tekstil korxonalarida tadbirkorlar bilan uchrashildi.Shuningdek, oilaviy tadbirkorlik faoliyati yo'lga qo'yilgan aholi xonadonlariga uyma-uy kirilib, taklif va murojaatlar o'rganildi.
Ma'lumot o'rnida, xalq tilida " tosh shahar" nomini olgan G'azg'onda azaldan aholi toshtarishlik bilan shug'ullangan.Hozirda bu yerda marmar, granit singari qurilish materiallari ishlab chiqariladi.Prezident tashabbusi bilan hudud bugungi kunda mazkur yo'nalishda o'ziga xos sanoat zonasiga aylangan.