Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

PREZIDENT HUJJATLARI IJROSI NAZORATI ADLIYA E’TIBORIDA


O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh Navoiy viloyatida Prezident hujjatlari ijrosi bilan tanishdi. Viloyat hokimligida tashkil etilgan amaliy seminar davomida mazkur yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar va mavjud kamchiliklar tanqidiy ko‘rib chiqildi.
Dastavval ijro intizomi xususida so‘z yuritilib, “Ijro.gov.uz” tizimiga ko‘ra yuborilgan hujjatlar, ularning ijro holati, hokimlik va tashkilotlar kesimida tanqidiy tahlil etildi.
Suningdek,“Sayxunobod tajribasi”ni hududlarda joriy etish, aholi tomorqalaridan samarali foydalanishni tashkil etish, aholi bandligini ta'minlash hamda xorijdan qaytgan mehnat migrantlarini ishga joylashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida ham mutasaddi idoralar tomonidan ma’lumotlar olindi.