Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

ARXIV HUJJATLARINI RAQAMLASHTIRISH ORQALI XIZMATLAR YANADA QULAY VA OVORAGARCHILIKLARSIZ KO‘RSATILMOQDA


ARXIV HUJJATLARINI RAQAMLASHTIRISH ORQALI XIZMATLAR YANADA QULAY VA OVORAGARCHILIKLARSIZ KO‘RSATILMOQDA

FHDY organlarida saqlanayotgan 60 mln.dan ortiq qog‘oz shaklidagi dalolatnoma yozuvlari raqamlashtirilib, axborot tizimlariga kiritildi. 8 mln.dan ortiq oila tarkibi shakllantirildi, fuqarolarga tegishli bo‘lgan JSHSHRlar to‘liq biriktirish choralari ko‘rilmoqda.
Natijada, o‘rtacha xizmat ko‘rsatish vaqtini 12 daqiqadan 5-7 daqiqagacha qisqartirishga erishildi. Fuqarolar tomonidan ayrim vakolatli tashkilotlarga taqdim etiladigan hujjatlarning axborot tizimi orqali olinishi yo‘lga qo‘yilib, birgina
2023-yilda 20 tonnadan ortiq qog‘oz hamda 21 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘ tejaldi.
YIDXP orqali tug‘ilganlik haqida birlamchi va takroriy guvohnomalar olish uchun onlayn ariza yuborish va natijasi yuzasidan guvohnomalarni pochta orqali yashash manziliga yеtkazib berish xizmatlari joriy qilindi.
Mazkur xizmatlar fuqarolarga ko‘plab qulaylik va imkoniyatlar yaratganligini inobatga olgan holda boshqa turdagi guvohnomalarni olish uchun ham YIDXP orqali onlayn arizalar berish imkoniyatlarini yaratish rejalashtirilgan.
Shuningdek, FHDY organlari tomonidan 5 ta xizmatni tezlashtirilgan tartibda ko‘rsatish amaliyoti yo‘lga qo‘yilib, joriy yilda 15 mingdan ortiq xizmatlar belgilangan muddatlardan oldin ko‘rsatilishi ta’minlandi.
Arxiv hujjatlari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh Navoiy viloyatida FHDY bo‘limlari va idoraviy FHDY arxivida bo‘ldi.
Tashrif davomida, xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganilib, ularning sohani yanada rivojlantirish bo‘yicha fikr-mulohazalari, takliflari tinglandi.