Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

ANGIDONLIKLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI


ANGIDONLIKLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI
Xatirchi Navoiy viloyatining yirik hududlaridan biri. Bu yerda mahallalar soni 70 ta. 200 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi. Fuqarolarning asosiy muammosi bandlik va bank-kredit masalalari bilan bog'liq. Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev tomonidan tuman aholining maishiy turmush sharoiti, murojaatlari va yoshlar masalalari o'rganildi.
Dastlab tuman hokimi va sektor rahbarlari ishtirokida qurilish ob'ektlari, jumladan yangi qurilayotgan motamsaro ona majmuasi hamda tuman muzeyida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishib, mavjud masalalar yuzasidan taklif  va huquqiy tushunchalar berildi.
Shundan so'ng, tumanning olis hududlaridan biri "Angidon" mahallasida yoshlar bilan muloqot o'tkazildi.  Angidon tog' yon bag'rida joylashgan.  9 ta qishloqdan iborat mazkur hududda aholi asosan chorvachilik va bog'dorchilik hisobiga kun kechiradi.  Aytib o'tish joiz, ayni paytda 3 ta umumta'lim maktabi faoliyat yuritmoqda.
Yoshlar bilan uchrashuv ana shunday ta’lim muassasalarining birida bo'lib o'tdi. Muloqot davomida maktablarga sport maydonchalari, zamonaviy kompyuter jamlanmalari, laboratoriya jihozlari zarurati borligi yuzasidan murojaatlar kelib tushdi. Shuningdek, yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ish bilan ta’minlash masalalari ham e’tibor markazida bo‘ldi.
Qolaversa, aholi bilan sayyor qabul ham o‘tkazildi. Uchrashuvda mahalla ahli  bandlik, subsidiya olish, oilaviy va mehnat munosabatlari, bank-kredit masalalarida mas'ullarga yuzlanishdi.
Ma’lumot o‘rnida, so‘nggi yillarda “Angidon”da ekoturizm rivojlanib bormoqda. Bu tabiiyki, infrotuzilmaning tobora yaxshilanishiga turtki bo‘ladi. Shu bois, endilikda hududda “Mehmon uylari”ni tashkil etish amaliyoti ham keng ko‘lamda yo‘lga qo‘yilayapti. Fuqarolar mas’ullar bilan mazkur yo‘nalishda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Shuningdek, kelganlarga elektron imzo olish, farzandini ta’lim tashkilotiga navbatga qo‘yish singari masalalarda 10 turdan dan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Muloqot davomida  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 204-son qarori mazmum-mohiyati yuzasidan aholiga huquqiy tushunchalar berilib targ‘ibot materiallari tarqatildi.
Aholi bilan o‘tkazilgan muloqotdan so‘ng,  ta’lim muassasalarida yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.