Янгиликлар
01
Qaynoq nuqtalardagi qaynoq jarayonlar
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-sonli Qarori qabul qilindi.
Ushbu qarorning mazmun-mohiyatini aholining barcha qatlamlariga yetkazish maqsadida Navbahor tuman adliya bo`limi xodimlari mahallalar, aholi gavjum joylarda va uyma- uy yurib fuqarolar bilan huquqiy tushuntirish ishlarini olib bormoqda.
Aholining keng qatlamlariga qarordan ko‘zlangan maqsad va ravon tushuntirilgan raqam va tahlillar aks etgan tarqatmali materiallar ulashilyapti.
Shu kunga qadar jamoat joylarda adliya bo‘limlari vakillari tomonidan bir necha nusxada flayerlar tarqatildi.